Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronaldu faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi, bu "Al Nassr" emas

A A A
Ronaldu faoliyatini qaysi klubda yakunlashini aytdi, bu "Al Nassr" emas

Saudiya Arabistonining “Al Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgan klub nomini aytdi.

39 yoshli portugaliyalikning tan olishicha, futbolchilik faoliyatini yakunlashdan oldin u o‘z vatanida to‘p tepishni xohlaydi.

“Faoliyatimni “Sporting”da yakunlayman. Men bu klubda bor-yo‘g‘i bir mavsum o‘tkazsam ham, jamoaga bo‘lgan hurmatimni namoyish etmoqchiman. Ular meni kashf etib, tarbiyalashdi. "Sporting" bo‘lmaganda, ehtimol, McDonald's'da ishlayotgan bo‘lardim", - dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu bir necha yil avval “Sporting”ga qaytish istagi haqida bergan intervyusida shunday bayonot bergan edi.

Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatining dastlabki qismini – 1997 yildan 2003 yilga qadar “Sporting”da o‘tkazgan. Forvard 2023 yildan beri Saudiya Arabistoni chempionatida “Al Nassr” safini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 21:56 18.03.2024. O'qildi: 1321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!