Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 924-golini urdi.
Saudiya Arabistoni ligasi doirasidagi "Al-Fayha"ga qarshi o‘yinning 74-daqiqasida "An-Nasr" hujumchisi himoyachi Navaf Bushal oshirib bergan to‘pni bir teginish bilan golga aylantirdi.
Portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida klublar miqyosida 789 ta, terma jamoasi uchun esa 135 ta gol urgan.