"An-Nasr" yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Chorshanba kuni Jorje Jezush jamoasi "Tuluza"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda o‘z jamoasining birinchi goliga mualliflik qilgan Krishtianu Ronaldu post qoldirdi.
"Ochlik hissi hech qachon bosilmaydi. Hali ishlarimiz ko‘p va biz endi boshlayapmiz," - deyiladi 40 yoshli Ronalduning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu iyun oyida "An-Nasr" bilan yangi shartnoma imzolagan edi. U keyingi ikki mavsumga - 2027 yilning o‘rtalariga mo‘ljallangan.