Krishtianu Ronaldu «Barselona»ga o‘tishga yaqin kelganini aytib berdi.
«Men yoshligimda «Barselona»da o‘ynashim mumkin edi. Klubdan bir odam bilan uchrashdim, ular men bilan shartnoma imzolashni xohlashdi, ammo bunday bo‘lmadi.
Ular men bilan bir yildan keyin bitim tuzishni rejalashtirishdi, «Manchester Yunayted» esa darhol olib ketishga tayyor edi», — dedi «An Nasr» hujumchisi.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 2003 yili 19 mln yevro evaziga «Sporting»dan ingliz klubiga o‘tgan.