OAV ma’lumotiga ko‘ra, "An-Nasr" "Marsel"dan vinger Meyson Grinvudni sotib olishga urinib ko‘radi.
Ta’kidlanishicha, angliyalik futbolchining transferi jamoaning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronalduning shaxsiy iltimosidir. Grinvudning "Marsel" bilan mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor narxini 40 mln yevroga baholamoqda.
Meyson Grinvud bu mavsumda "Marsel" libosida uchta o‘yin o‘tkazdi. Ularda futbolchi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.