Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronaldu «An-Nasr»ning necha foiz aksiyasiga egalik qilishi ma’lum bo‘ldi

Ronaldu «An-Nasr»ning necha foiz aksiyasiga egalik qilishi ma’lum bo‘ldi

Saudiya Arabistonilik jurnalist Abdulaziz Al-Oseymi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning 20 foiz aksiyasiga egalik qilishini ma’lum qildi.

Mahalliy OAV bu xabarga qizg‘in munosabat bildirib, portugaliyalik endi nafaqat futbolchi va sardor, balki klub xo‘jayini ekani haqida sarlavhali materiallar e’lon qildi.

Iyun oyida klub futbolchi bilan uzaytirgan yangi shartnomasiga ko‘ra, unga 15 foizlik ulush berilgani xabar qilingandi.

2024/2025 yilgi mavsumda 40 yoshli Ronaldu 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:17 31.07.2025. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!