Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Ronaldu «An-Nasr»ning kutilmagan mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

Ronaldu «An-Nasr»ning kutilmagan mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-Ligasining 31-turida «Al-Qodisiya»ga qarshi uchrashuvdagi (1:3) mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu bahsda 41 yoshli forvard maydonda 90 daqiqa harakat qildi, biroq samarali harakatlar qayd eta olmadi.

«Bir maqsad. Ishlashda davom etamiz. Birgalikda», — deb yozdi Ronaldu X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Shu tariqa, portugaliyalik futbolchining jamoasi mamlakat chempionatidagi 16 ta o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi. «An-Nasr» shunga qaramay, 31 ta uchrashuvdan keyin 79 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan va bir o‘yin zaxirasiga ega «Al-Hilol»dan farq 5 ochkoni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2023 yildan buyon «An-Nasr» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 27 ta gol va 4 ta assist qayd etgan.

Kiritildi: Bugun 11:33. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!