Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ronaldu 2022 yildan beri eng yirik mag‘lubiyatini qabul qildi

Ronaldu 2022 yildan beri eng yirik mag‘lubiyatini qabul qildi

Krishtianu Ronaldu 2022 yildan beri eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatini qabul qildi.

«An-Nasr» hujumchisi Osiyo Chempionlar ligasida «Al-Ayn»ga qarshi uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi. Uning jamoasi 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Ronaldu Saudiya Arabistonida faoliyat olib borayotganidan beri na klubi, na terma jamoasi safida bunchalik yirik hisobda yutqazmagan edi.

Portugaliyalik futbolchi so‘nggi marta 4 ta to‘p farqi bilan 2022 yil avgust oyida mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda u «Manchester Yunayted» safida «Brentford»ga qarshi o‘yinda 0:4 hisobida yutqazgan edi.

Kiritildi: 14:33 16.09.2026. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!