Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Roman Abramovichga Britaniya oroliga qarshi ayblov qo‘yishga ruxsat berildi

Roman Abramovichga Britaniya oroliga qarshi ayblov qo‘yishga ruxsat berildi

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich Britaniyaning Jersi oroli hukumatiga qarshi jinoiy til biriktirishda ayblov e’lon qilish huquqiga ega bo‘ldi.

Bu haqda Reuters agentligiga uning vakili ma’lum qildi.

Tadbirkor vakili 2022 yilda Jersi rasmiylari tomonidan Abramovichga nisbatan korrupsiya va pul yuvish bo‘yicha boshlangan jinoiy tergovni asossiz deb atadi. Uch yildan beri rossiyalikga nisbatan hech qanday ayblov qo‘yilmagan.

Shu bilan birga, Jersi ma’murlari ish bo‘yicha ma’lumotlarni yo‘q qilganini va tadbirkor vakillariga tergov jarayoni haqida ma’lumot berishdan muntazam ravishda bosh tortganini tan oldi. Hozir u jinoiy fitna bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atmoqda.

Sentyabr oyida The Guardian Jersi hukumati Abramovichni korrupsiya va pul yuvishda gumon qilayotgani haqida xabar bergan edi. Orol bosh prokurori Shveysariya federal jinoiy sudidan tadbirkorning bank hisoblariga oid hujjatlarni so‘ragan. Tergovchilar Abramovichning 1990-2000 yillarda qo‘lga kiritgan boyliklari manbalarini aniqlashga harakat qilmoqda.

Tadbirkorning vakili bu xabarlarni rad etdi. “Janob Abramovichning jinoiy faoliyatga aloqadorligi haqidagi har qanday ayblovlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Kiritildi: 15:00 18.11.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!