Eldor Shomurodov faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.
L’Equipe xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi MLS klubidan taklif olgan.
Xabar qilinishicha, «Roma» 29 yoshli futbolchining ketishiga qarshi emas. Eldorning amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida tugaydi.
Shomurodov o‘tgan mavsumda A Seriyada 27 o‘yinda 4 ta gol va xuddi shuncha assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.