Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

"Roma" Shomurodov bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi

"Roma" Shomurodov bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi

"Roma" hujumchi Eldor Shomurodov bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Nikolo Skira xabar bermoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2027-yilgacha mo‘ljallangan. Amaldagi kelishuv 2026-yilning yozida yakuniga yetgan.

Shomurodov o‘tgan transfer oynasi - yanvar oyida sotilishiga bir baxya qolgan bo‘lsa-da, Rimda qolishni istamoqda.

Joriy mavsumda o‘zbekistonlik forvard hisobida 32 ta o‘yinda 10 ta golli harakat (7+3) bor. Umumiy hisobda u 1101 daqiqa maydonda harakat qildi - har bir o‘yinda o‘rtacha 34,4 daqiqa.

Kiritildi: 17:37 20.04.2025. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!