Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

«Roma» futbolchilari Eldorga Husanov haqida nimalar deyishadi?

«Roma» futbolchilari Eldorga Husanov haqida nimalar deyishadi?

O‘zbekiston terma jamoasi va Italiyaning "Roma" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov YouTube'dagi "Nobel" kanaliga bergan intervyusida "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov haqida jamoadoshlari bilan qilgan hazillar borasida gapirdi.

— So‘nggi ikki yilda senga Italiyada O‘zbekiston haqida qanchalik tez-tez savol berishadi? Masalan, Dibala yoningga kelib, “Eldor, bu "Manchester Siti"ga o‘tgan bola kim o‘zi?” yoki “Sizlar jahon chempionatiga chiqyapsizlarmi?” deb so‘ramaydimi?

— Yo‘q. Ular doim Yevropada o‘ynaganlar haqida so‘rashadi. Husanov haqida ham ko‘p so‘rashgan. Ilgariroq esa: “Sen Yevropada yolg‘iz o‘ynaysanmi?”, deb so‘rashardi. Men “Ha” derdim. Ular esa: “Unda sen qirolsan”, deyishardi. Endi esa hazillashib: “O‘zbekistonda yangi qirol paydo bo‘libdi. Husanov endi katta jamoada o‘ynayapti, uning nufuzi sendan yuqori”, deyishyapti.

— Sen nima deb javob berasan?

— “Ha, rostdan ham shunday”, deyman. Uning plankasi mendan yuqori.

Kiritildi: 15:36 16.06.2025. O'qildi: 3069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!