Ispaniyalik jurnalist Ramon Alvares "Real" hujumchisi Rodrigoning "Barselona"ga transferi ilojsiz ekanligini ma’lum qildi.
"Agar o‘yinchi buni xohlasa ham, kataloniyaliklar uni moliyaviy cheklovlar tufayli sotib ololmaydi, xuddi Niko Uilyams bilan bo‘lgani kabi.
Bundan tashqari, Reshford transferidan so‘ng bunday bitimning klubga keragi yo‘q", - deya qo‘shimcha qildi Alvares.