Argentinalik yarim himoyachi Franko Mastantuono shu hafta "River Pleyt"dan Madridning "Real" klubiga o‘tdi. Bitim summasi 60 million yevrodan oshdi. 17 yoshli futbolchi bilan uzoq muddatli mehnat shartnomasi imzolandi.
Ushbu transfer tufayli braziliyalik Rodrigoning "qirollik klubi"da qolish imkoniyatlari yomonlashdi. Hujum chizig‘idagi katta raqobat tufayli 24 yoshli vinger yozda "qaymoqranglilar"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Hujumchining transfer narxi 90 million yevroga baholanmoqda, uning "Real" bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Braziliyalik futbolchining xizmatlariga Angliya chempionatining bir qator top-klublari qiziqish bildirmoqda.