«Real Madrid» yulduzi Rodrigo "PSJ"ning taklifini qabul qilmadi.
Parijliklar rahbariyati braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha taklif bilan chiqishdi. Ular «qirollik klubi» so‘rayotgan 150 million yevroni berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishgan. Ammo braziliyalik hujumchisi Parij jamoasiga o‘tishdan bosh tortgan.
Avvalroq, «Real Madrid» Rodrigoning «Man Siti» haqida bildirgan fikrlari uchun sotishni reja qilgani haqida xabarlar berilgandi.