Madridning "Real" klubi vingeri Rodrigo ma’lum bir vaziyatda "Pari Sen-Jermen"ga o‘tishi mumkin.
Parijliklar braziliyalik futbolchiga shu yozda qiziqish bildirgandi, ammo mish-mishlar tasdiqlanmadi. Ayni paytda fransuz grandi Rodrigoning transferi ustida ish olib bormayapti, biroq uni Bredli Barkolya ketishga qaror qilsa, ehtimoliy maqsad sifatida ko‘rmoqda, deya xabar beradi insayder Fabrisio Romano. Luis Enrike jamoasining asosiy tarkibiga har doim ham kiravermaydigan fransuzga "Liverpul" qiziqmoqda.
Rodrigo o‘ta jozibador taklif tushmasa, "Real"da qoladi. Transfermarkt portali 24 yoshli futbolchining narxini 90 mln yevroga baholamoqda.