Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Robotlar yuklarni metro orqali yetkazib berishmoqda

Robotlar yuklarni metro orqali yetkazib berishmoqda

Robotlar Xitoyning Shenchjen shahridagi metro bekatlarida joylashgan oziq-ovqat do‘konlarini to‘ldirish uchun buyurtmalarni yetkazib berishni boshladi. Robotlar gavjum soatlarda metro bo‘ylab harakatlanadi va tarmoq do‘koni joylashgan har bir bekatda tushadi.

Ular mustaqil ravishda liftlardan foydalanishlari, metro platformalariga kirishlari, poyezdlarga chiqishlari mumkin. Robotlar maxsus shassi tizimlari bilan jihozlangan.

Loyiha ishga tushirilgan kuni 41 ta robot xizmatda bo‘ldi. Ixtiro shov-shuvga sabab bo‘ldi, yo‘lovchilar qiziqib, suratga olishni boshladi. Bu chakana savdo nuqtalariga tovarlar yetkazib berish bo‘yicha logistika muammosini hal qilishga ko‘maklashadi.

Kelajakda bunday qurilmalar gavjum soatlarda metro sig‘imidan foydalanish samaradorligini oshiradi, deb umid bildirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 05:45. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!