Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Rimdan xushxabar: Masturaxon Sayfutdinovani FAO Bosh direktori shaxsan taqdirladi!

Rimdan xushxabar: Masturaxon Sayfutdinovani FAO Bosh direktori shaxsan taqdirladi!

Hozirgina Rimdagi FAO bosh qarorgohida tashkilot Bosh direktori QU Dongyu “Farg‘ona anorchilik” agrofirmasi rahbari Masturaxon Sayfutdinovaga “Agrooziq-ovqat tizimlari va qishloq taraqqiyotidagi 100 nafar qahramon ayol” tashabbusi doirasidagi e’tirofni shaxsan topshirdi.

🌱 Farg‘ona viloyati Quva tumanida faoliyat yuritayotgan hamyurtimizning xalqaro sahnada taqdirlanishi — O‘zbekiston qishloq ayollari uchun quvonchli voqea. Bu e’tirof ularning mehnati, tashabbuskorligi va yetakchiligiga e’tibor qaratadi.

Masturaxon Sayfutdinovani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

Kiritildi: 18:28 15.10.2026. O'qildi: 825 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!