Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rim papasi Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

Rim papasi Yaqin Sharqda o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmoqda

«Men barcha jabhalarda, jumladan, Livanda o‘t ochishni to‘xtatishni so‘rayman, men xalqaro hamjamiyatga murojaat qilaman, qasos mafkurasiga chek qo‘yishni so‘rayman. Bu faqat mintaqada yanada kengroq urushga olib kelishi mumkin».

- dedi Fransisk.

U, shuningdek, harbiy harakatlar mamlakatlar o‘rtasidagi nizolar sababini hal qila olmasligini ta’kidladi.

«Har bir inson tinchlik va xavfsizlikka haqli va davlatlar hududlariga hujum qilinmasligi kerak. Suverenitet urush emas, balki muloqot orqali ta’minlanishi kerak», - deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Rim papasi barcha mavjud mojarolarni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga chaqirgani xabar qilingandi.


Kiritildi: Bugun 18:56. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!