Rim papasi Lev XIV o‘pkasida o‘tkazilgan operasiyadan keyin shifoxonadan chiqqach, yakshanba kuni Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonida to‘plangan minglab dindorlarga murojaat qildi.
Pontifik an’anaviy «Angelus» duosidan so‘ng ushbu qiyin kunlarda uning sog‘ayishi uchun duo qilgan barcha insonlarga minnatdorlik bildirdi.
«Men uchun duo qilgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu murakkab bosqichni yengib o‘tgach, o‘zingizga ma’lumki, faoliyatimni asta-sekin qayta tiklayman», — dedi u.
Shanba kuni papa Rimdagi «Jemelli» klinikasidan operasiyadan to‘rt kun o‘tib chiqarilgan edi.
Lev XIV, shuningdek, klinika shifokorlari va tibbiyot xodimlariga ham minnatdorlik bildirdi.
«Bu tajriba menga kasallik bilan kurashayotgan yoki sog‘lig‘i zaiflashgan barcha insonlarga nisbatan yaqinlikni alohida his qilish imkonini berdi», — deya qo‘shimcha qildi u.