Vatikan ma’lumotiga ko‘ra, Rim papasi Lev XIV operasiyadan so‘ng shifoxonada tinch tunni o‘tkazgan. Katolik cherkovi rahbarining o‘ng o‘pkasidagi pastki bo‘lakda aniqlangan xavfli o‘sma — adenokarsinoma jarrohlik yo‘li bilan olib tashlangan.
Shifokorlar ma’lum qilishicha, taxminan 90 daqiqa davom etgan operasiya muvaffaqiyatli o‘tgan va hech qanday asorat kuzatilmagan. Adenokarsinoma o‘pka saratonining eng keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi.
Hozircha papaning keyingi davolanish jarayoni qanday davom etishi noma’lum. Bu organizmda saraton hujayralari qolgan-qolmaganiga bog‘liq. Mutaxassislar muvaffaqiyatli operasiyadan keyin ham kasallikning qaytalanish xavfi mavjudligini ta’kidlamoqda.
Lev XIV 11 oktyabr kuni rejali tibbiy ko‘rik vaqtida o‘pkasida o‘sma aniqlanganini va operasiya qilinishi kerakligini ilk bor ommaga ma’lum qilgan edi.