Bugun 22 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Rim papasi lavozimiga asosiy nomzodlar e’lon qilindi

Rim papasi lavozimiga asosiy nomzodlar e’lon qilindi

Vatikanning 70 yoshli davlat kotibi Petro Parolin Rim papasi Fransiskning eng ehtimoliy vorisi sanalmoqda.

Bu haqda Italiyaning "La Stampa" gazetasi xabar berdi.

Nashr ta’kidlashicha, Parolin "cherkovning ochiqligini saqlab qolishga va turli katolik ruhiy oqimlarga e’tibor qaratishga qodir".

Pontifiklikka boshqa ehtimoliy nomzodlar qatorida Italiya yepiskoplar konferensiyasi raisi va Vatikanning Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha maxsus elchisi - Bolonya arxiyepiskopi, 69 yoshli Matteo Dzuppi ham tilga olingan.

Rim papasi Fransisk 89 yoshida vafot etdi. Oy boshida u pnevmoniyadan davolanib, shifoxonadan chiqarilgan edi.

Kiritildi: 20:54 21.04.2025. O'qildi: 1029 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!