Rim-katolik cherkovining yangi rahbari Rim Papasi Lev XIV G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatdan xavotir bildirib, harbiy amaliyotlarni to‘xtatish va mintaqaga zudlik bilan gumanitar yordam yetkazish zarurligini ta’kidladi, deb xabar beradi Anadolu.
Rim-katolik cherkovi rahbari eksklavga gumanitar yordamni zudlik bilan yetkazishga chaqirdi.
8 may kuni Rim papasi Lev XIV Konklav tomonidan saylanganidan keyin birinchi umumiy tinglovchilari oldida so‘zga chiqib, Avliyo Pyotr maydoniga yig‘ilgan olomonga murojaat qildi.
“G‘azo sektoridagi vaziyat tobora xavotirli va qayg‘uli bo‘lib bormoqda. Yana bir bor samimiy murojaat qilib, insonparvarlik yordamini to‘siqsiz yetkazishni va harbiy mojarolarga barham berishni so‘rayman. Chunki bu dahshatli iztirobning og‘irligini birinchi navbatda bolalar, qariyalar va bemorlar ko‘taradi”, – dedi pontifik.
Rim papasi Lev XIV, shuningdek, barcha dindorlarni tinchlik uchun har kuni ibodat qilishga chaqirdi.