Rim papasi Fransiskning dafn marosimida dunyoning ko‘plab yetakchilari ishtirok etmoqda, ular orasida Zelenskiy va Tramp ham bor.
Vatikanga, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning so‘biq prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Baydenni ham tashrif buyurgan.
Vatikan ma’lumotiga ko‘ra, marosimga 130 dan ortiq xorijiy delegasiyalar, jumladan 50 nafar davlat rahbari va 10 nafar monarx kelishi kutilmoqda.
Xabar berilishicha, papa Fransiskning dafn marosimi o‘tkaziladigan Avliyo Pyotr maydoni odamlar bilan to‘lib-toshgan.
Pontifik bilan vidolashuv marosimi 26 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00 da) boshlangan.