Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rim aeroportida Isroil fuqarosidan 216 kg giyohvand modda musodara qilindi

Rim aeroportida Isroil fuqarosidan 216 kg giyohvand modda musodara qilindi

Italiyaning Rim shahridagi Fyumichino xalqaro aeroportida Tel-Avivdan uchib kelgan Isroil fuqarosi 216 kilogramm giyohvand modda bilan qo‘lga olindi.

Italiya bojxona xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchi tasodifiy tekshiruv vaqtida shubha uyg‘otgan. Uning yettita chemodani ko‘zdan kechirilganda, tarkibida katinon moddasi bo‘lgan 216 kilogramm kat aniqlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar musodara qilingan giyohvand moddaning qora bozordagi qiymatini taxminan 500 ming yevro deb baholamoqda.

Isroil fuqarosi xalqaro giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib hibsga olingan. Italiya tergovchilari yukning kelib chiqishi va ushbu jinoyatga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan sheriklarni aniqlash bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda.

Kiritildi: 19:17 14.07.2026. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!