Fraksiya yig‘ilishida “Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham keng muhokama qilindi.
Qonun yashirin iqtisodiyotning shakllanishiga olib keladigan sabablar va omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, xizmat ko‘rsatish sohasidagi norasmiy mehnat faoliyatini yuritish holatlarini aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, rieltorlik faoliyatini tartibga solish shakli sifatida lisenziyalashni bekor qilish va ba’zi funksiyalarni o‘zini-o‘zi boshqarish jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga yo‘naltirilgan, rieltorlar professional faoliyatining axloq qoidalariga rioya qilishni nazarda tutuvchi qator nonrmalar kiritiladi.
Qonun qabul qilinsa, ko‘chmas mulk bozorining barcha ishtirokchilarining mulk huquqlarini himoya qilishning mustahkam mexanizmi yaratiladi.