Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Reuters: Tramp JAR prezidentiga ko‘rsatgan surat aslida boshqa mamlakatga tegishli

Reuters: Tramp JAR prezidentiga ko‘rsatgan surat aslida boshqa mamlakatga tegishli

AQSh prezidenti Donald Tramp Oval kabinetda Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa bilan uchrashuv chog‘ida unga “oqtanlilar genosidi amalga oshirilayotganiga” dalil sifatida taqdim etgan surat aslida Janubiy Afrikaga emas, balki Kongo Demokratik Respublikasiga tegishli bo‘lib chiqdi. Reuters'ning xabar berishicha, uchrashuvda aynan agentlik tomonidan e’lon qilingan fotosuratlaridan biridan foydalanilgan.

"Bu rasmda o‘ldirilgan oq tanli fermerlarni ko‘rishingiz mumkin", — degan edi Tramp Ramafosaga maqola chop etilgan qog‘ozni va suratni ko‘rsatib.

"Aslida esa bu kadrlarda gumanitar xodimlar Kongodagi Goma shahrida jonsiz tanalar to‘ldirilgan xaltalarni ko‘tarayotgani aks etgan. Mazkur suratlar fevral oyida e’lon qilingan edi", deya aniqlik kiritdi Reuters.

Kiritildi: 20:23 23.05.2025. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!