Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Reuters: Honkong sudi muxolif media-magnat Jimmi Layni aybdor deb topdi

Reuters: Honkong sudi muxolif media-magnat Jimmi Layni aybdor deb topdi

Agentlikning yozishicha, Honkong Oliy sudi tadbirkor va demokratik harakat faoli Jimmi Layni Xitoy tomonidan qabul qilingan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun asosida “xorijiy kuchlar bilan til biriktirish va davlatga qarshi materiallar e’lon qilish”da aybdor deb topdi. Bu unga umrbod qamoq jazosi bilan tahdid solishi mumkin.

78 yoshli Lay hozirda faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan Apple Daily gazetasining asoschisi va Xitoy Kommunistik partiyasi rahbariyatining eng mashhur tanqidchilaridan biri. U Honkongda 2019–2020 yillardagi ommaviy norozilik namoyishlariga javoban Pekin tomonidan joriy etilgan keng qamrovli xavfsizlik qonuni doirasidagi bir qator sud ishlariga tortilgan.

"Sud qarorini kutish jarayonida besh yil qamoqda o‘tirgan Layga hukm keyinroq e’lon qilinadi. Jazoni yengillashtirishni so‘rash mumkin bo‘lgan dastlabki tinglov 12 yanvarga belgilangan", deya yozmoqda nashr.

Layga qarshi sud jarayoni 2023 yil dekabrida boshlangan va Xitoyning Honkongda milliy xavfsizlik qonunini qo‘llashi bo‘yicha eng mashhur ish hisoblanadi. Sud hukmi diplomatik keskinlikning yangi bosqichiga olib kelishi mumkin, AQSh va Buyuk Britaniya kabi G‘arb davlatlari Lay ishi siyosiy sabablarga ko‘ra olib borilayotganini aytib, uni darhol ozod etishga chaqib kelgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham oktyabr oyida Xitoy rahbari Si Jinpin bilan uchrashuvda Lay haqida gapirib, media-magnatni “qutqarish uchun qo‘lidan kelganini qilishini” bildirgan.

Kiritildi: Bugun 17:48. O'qildi: 187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!