Eron rasmiylari Yamanning «Ansar Alloh» (xusiylar) harakatiga AQSh tomonidan Eron energetika ob’ektlariga hujum uyushtirilgan taqdirda, Qizil dengizni to‘liq blokda qilishga tayyor turish iltimosi bilan chiqdi.
Bu haqda Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Eronning ikki nafar yuqori martabali mulozimi va mintaqadagi manbaning ma’lum qilishicha, tegishli ko‘rsatma xusiylarga allaqachon yetkazilgan.
Yamandagi isyonchilarga yaqin suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Bab al-Mandab bo‘g‘ozi hududiga raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) joylashtirib bo‘lingan. Xusiylar tijorat kemalariga hujum boshlash haqidagi buyruqni kutmoqda.