Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan bir guruh hokim yordamchilari rahbarlikka o‘qitilmoqda

A A A
Respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan bir guruh hokim yordamchilari rahbarlikka o‘qitilmoqda

Respublikaning barcha hududlaridan saralab olingan bir guruh hokim yordamchilari rahbarlikka o‘qitilmoqda.

56 akademik soatga mo‘ljallangan o‘quv Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan.

⏺Dastur hokim yordamchilarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini oshirish, shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan.

⏺Tinglovchilar uchun O‘zbekistonda kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmatida amalga oshirilayotgan islohotlar, shaxsiy va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish, rahbar ma’naviyatini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mahallada aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari, aholi kayfiyati, muammolari bilan ishlashda rahbar kompetensiyalari, davlat xizmatchilarida liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzularda treninglar o‘tilmoqda.

⏺Shuningdek, tinglovchilar diplomatik protokol va xizmat etiketi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalari va ularni samarali amalga oshirish usullari, davlat xizmatida jamoatchilik bilan aloqalar, media savodxonlik yo‘nalishlarida ham tajribali professorlar hamda malakali pedagoglardan tahsil olishmoqda.

⏺Dasturdan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ham o‘rin olgan.

Kiritildi: 13:17 01.02.2024. O'qildi: 1634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!