O‘zgidromet axborot xizmati respublika bo‘yicha 2025 yil 19–23 may kunlariga ob-havo prognozini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Toshkentda 22–23 may kunlari shamol tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Xabarda ertadan havo harorati ko‘tarila boshlashi va hafta o‘rtalarida kunduz kunlari havo 35–38 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 40–42 darajagacha isishi aytilmoqda.
Shuningdek, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 22–23 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.