Ayni damda AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida yuqumli kasalliklarni oldini olish va sanitariya yo‘nalishi bo‘yicha bajarilgan ishlar hamda OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli asoslanmagan xabarlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Amalga oshirilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 6 oyi davomida ayrim yuqumli kasalliklarning o‘tgan 2022 yilning shu davriga nisbatan pasayishi kuzatildi.
Xususan, salmonellez infeksiyasi 18,1%ga, bakterial ichburug‘ 46,2%ga, o‘tkir ichak kasalliklari 10,4%, virusli gepatit V 26,9%ga, virusli gepatit S 27,7%, ayrim gelmintoz kasalliklar: askaridoz 26,8%, trixosefalyoz 85%, teniarinxozning 23% pasayishi qayd etilgan.
Respublika bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyaga qarshi samarali tadbirlar natijasida o‘lat, vabo, sariq isitma, virusli gemorragik isitmalar, parranda grippi kabi karantin va o‘ta havfli yuqumli kasalliklarni respublika hududiga chetdan kirib kelishi va aholi o‘rtasida tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi.
✅ Shuningdek, Yevropa va Jahon savdo tashkilotlari va xalqaro talablardan kelib chiqib, ta’lim, qurilish, oziq-ovqat va boshqa sohalar bo‘yicha 40 ta sanitariya qoida va me’yorlari yangi tahrirda qabul qilindi va xalqaro andozalarga moslashtirildi.