Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Reshfordning "Barselona"da qancha mablag‘ ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Reshfordning "Barselona"da qancha mablag‘ ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

"Barselona" va Markus Reshford maosh borasida kelishib olishdi.

Avvalroq Kataloniya klubi "Manchester Yunayted" vingeri uchun ijara shartnomasini yopgani haqida xabar berilgandi.

TalkSPORT xabariga ko‘ra, "Barselona" 27 yoshli futbolchining maoshini 100 foiz qoplaydi.

Qayd etilishicha, Reshford transferni amalga oshirish uchun maoshini sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lgan.

"Barselona"da Reshford bonuslarni hisobga olgan holda soliqdan oldin taxminan 10 million yevro (8,6 million funt) oladi. "Manchester Yunayted"da uning maoshi yiliga 16,9 million funtni tashkil qilardi.

Kiritildi: 22:46 19.07.2025. O'qildi: 885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!