«Barselona» Markus Reshfordni jamoada saqlab qolmoqchi.
Joriy mavsumda «MYu»dan ijara asosida to‘p surgan ingliz vingeri bosh murabbiy Xans-Diter Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirdi va klub hozircha uning pozisiyasi uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqmayapti.
Iyun oyining yakuniga qadar Reshfordni 30 million yevro evaziga sotib olish huquqi amal qiladi va «Barsa» rahbariyati bunday mablag‘ evaziga uning darajasidagi futbolchini topish qiyin deb hisoblamoqda.
Marca nashrining xabar berishicha, Reshfordning o‘zi ham «Barselona»dan ketishni istamayapti. Futbolchi jamoada qolish uchun maoshining kamaytirilishiga ham rozi va bu haqda klub rahbariyatiga ma’lum qilib bo‘lgan.