Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Rekord miqdordagi o‘rmonlar yo‘q qilindi

Rekord miqdordagi o‘rmonlar yo‘q qilindi

O‘tgan yili tropik o‘rmonlar maydoni 6,7 million gektarga qisqardi - bu yigirma yillik kuzatuvlar davomida bunday o‘rmonlarning eng katta yo‘qolishi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar Jahon resurslari instituti (WRI) va Merilend universitetining Global Forest Watch yillik qo‘shma tadqiqotida keltirilgan bo‘lib, 21 may kuni e’lon qilindi.

Tropik o‘rmonlarning bunday yo‘qotilishi 3,1 gigatonna miqdorida qo‘shimcha karbonat angidrid chiqindilarining paydo bo‘lishiga olib keldi.

Tadqiqotchilarning baholashicha, dunyodagi tropik o‘rmonlar va umuman o‘rmonlar yo‘qotilishining asosiy qismi yong‘inlar bilan bog‘liq. Hisobot mualliflari ta’kidlashicha, bu o‘z navbatida iqlim o‘zgarishi natijasida yuz bergan: 2024 yil butun kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘ldi. Yil davomida yo‘qolgan o‘rmonlar maydoni bo‘yicha birinchi o‘rinda Braziliya (6,7 million gektar) turadi.

Hisobotda asosiy e’tibor tropik o‘rmonlarga qaratilgan bo‘lsa-da, boshqa turdagi o‘rmonlarning, xususan, Sibir va Kanadadagi tayga o‘rmonlarining ham sezilarli darajada yo‘q qilinayotgani qayd etilgan. Bu joylarda ham o‘rmonlar yo‘qolishining asosiy sababi o‘rmon yong‘inlari ekanligi ta’kidlangan. Hisobot mualliflarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024 yilda Rossiyada o‘rmonlar maydoni 5,6 million gektarga, Kanadada esa qariyb 4 million gektarga qisqargan.

Kiritildi: 22:24 21.05.2025. O'qildi: 811 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!