Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Real" yulduzi jamoadan ketishni so‘radi

"Real" yulduzi jamoadan ketishni so‘radi

"Real"ning yulduz hujumchisi uning transferi bo‘yicha so‘rov yubordi. Gap Xabi Alonso qo‘l ostida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan Rodrigo haqida ketmoqda.

Rodrigoning transfer so‘rovi haqida Defensa Central’ga tayanib, Transfer News Live xabar bermoqda. Shu bilan birga, manbaning ta’kidlashicha - Rodrigo yanvarda transfer amalga oshishi dargumon ekanini tan oladi. Braziliyalik yozda ketishga ko‘proq umid qilmoqda.

Yanvar oyida Rodrigo 25 yoshni qarshilaydi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari forvardni 80 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 09:40. O'qildi: 405 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!