Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" "yangi Modrich" topishni buyurdi

"Real" "yangi Modrich" topishni buyurdi

Madridning "Real" klubi o‘rta chiziqni kuchaytirishni rejalashtirgan. Luka Modrichning klubdagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda: joriy yilning sentyabr oyida xorvatiyalik 40 yoshga to‘ladi, iyul oyida esa uning amaldagi shartnomasi yakunlanadi. Relevo xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar"ning Juni Kalafat boshchiligidagi skautlar bo‘limi "yangi Modrich"ni topishni maqsad qilgan. Munosib voris topish ishlari allaqachon olib borilmoqda.

Luka Modrich "Real" safida 2012 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda xavbek Karlo Anchelotti jamoasi safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:11 18.03.2025. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!