Madridning "Real" klubi joriy transfer oynasida boshqa yangi xaridni rejalashtirmayapti.
Klub rahbariyati tarkib mavsumga to‘liq tayyor deb hisoblamoqda, shuning uchun avgust oyida yangi xaridlarni kutish kerak emas, deb yozadi jurnalist Arancha Rodriges. Shunday qilib, Xabi Alonso moslashishi va mavjud futbolchilar bilan ishlashi kerak bo‘ladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" ustozi tarkibni yana bir yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi bo‘lgan, shuningdek, yangi markaziy himoyachi taklif qilinishi mumkinligi haqida ham gap-so‘zlar bo‘lgan.
Bu yozda "Real" safini Din Xeysen, Alvaro Karreras va Trent Aleksander-Arnold to‘ldirdi, shuningdek, tez orada jamoa ixtiyoriga Franko Mastantuono ham yetib keladi.