Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

"Real" Xabi Alonsoni aybdorga chiqardi

"Real" Xabi Alonsoni aybdorga chiqardi

Madridning «Real» klubida joriy mavsumdagi ko‘plab jarohatlar jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso davridagi tayyorgarlik ishlarining yetarlicha sifatli rejalashtirilmagani bilan bog‘liq, deb hisoblashmoqda, deya xabar beradi AS nashri.

Joriy mavsumda «Real»ning ko‘plab yetakchilari, jumladan, Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Tibo Kurtua va Trent Aleksandr-Arnold jarohat olishdi. Natijada tarkibda Devid Ximenes Korredor va Tyago Pitarch kabi yoshlar jamoasi vakillari ko‘rina boshladi.

Ispaniya chempionatining 30 ta o‘yinidan so‘ng «Real» 69 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va «Barselona»dan yetti ochkoga ortda qolmoqda.

Keyingi turda Alvaro Arbeloa jamoasi o‘z maydonida «Jirona» bilan to‘qnash keladi (10 aprel).

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!