Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" Vinisiusni sotmoqchi

"Real" Vinisiusni sotmoqchi

Madridning "Real" klubi rahbariyati kelasi yil braziliyalik 25 yoshli hujumchi Vinisius Juniorni sotish variantini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda Defensa Central.

Manbaga ko‘ra, "qaymoqranglilar" 2027 yilning iyunida yakunlanadigan shartnomani uzaytirish borasida forvard bilan kelisha olmayapti. Vinisius uning maoshini Kilian Mbappening daromadlari darajasigacha oshirishni talab qilmoqda, klub esa bunday shartlarga rozi bo‘lishga tayyor emas.

Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, "Qirollik klubi" braziliyalikni 2026 yildan kechiktirmay sotib yuborishga harakat qiladi. 2025 yilning yozida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Vinisius 6 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:55 26.07.2025. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!