Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" - Vinisiusga: Mbappedan ko‘p pul olmaysan

"Real" - Vinisiusga: Mbappedan ko‘p pul olmaysan

Madridning "Real" klubi va Vinisius Junior hamon yangi shartnoma shartlari bo‘yicha kelisha olmayapti.

Braziliyalikning amaldagi shartnomasi ikki yildan kamroq vaqt ichida o‘z nihoyasiga yetadi. Jurnalist Xosep Pedrerolning yozishicha, vingerning shartnomasini uzaytirish masalasi hali hal qilinmagan. Tomonlar moliyaviy tomondan kelisha olmayapti: "Real" 25 yoshli futbolchiga Kilian Mbappedan ko‘proq pul to‘lamoqchi emas.

Vinisius Junior o‘tgan mavsumda 58 ta o‘yinda 22 ta gol va 19 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Avvalroq, futbolchiga qiziqish Saudiya Arabistoni chempionati vakillari tomonidan bildirilgandi. Braziliyalik futbolchining o‘zi "Real"da uzoq yillar qolish niyati borligini bir necha bor ta’kidlagan.

Kiritildi: 09:05 14.07.2025. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!