Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

"Real" Vinisius transferini ko‘rib chiqishga tayyor

"Real" Vinisius transferini ko‘rib chiqishga tayyor

Vinisius Juniorning kelajagi so‘nggi haftalar va oylarda futbol olamining eng qizg‘in mavzusi bo‘ldi. Dushanba kuni Mundo Deportivo braziliyalik forvardning holati haqida maqola chop etdi.

Unda aytilishicha, agar jiddiy taklif tushsa, "Real" Vinisiusni sotish imkoniyatini istisno etmaydi. Manbaga ko‘ra, keyingi haftalar braziliyalikning kelajagi masalasida hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Maqolada, shuningdek, Madridning "Real" klubi Vinisiusning maoshini 23 million yevroga ko‘tarishga tayyor emasligi (Kilian Mbappe yiliga shuncha maosh oladi, imzo qo‘ygan bonusini hisobga olgan holda) qayd etilgan.

Bundan tashqari, "Real Madrid" braziliyalik futbolchining o‘yin darajasi pasayganini qayd etmoqda. Transfermarkt portali Vinisiusni 170 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:54 28.07.2025. O'qildi: 575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!