Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

"Real" Vinisius bilan nima qilishni hal qildi

"Real" Vinisius bilan nima qilishni hal qildi

Madridning «Real» klubi braziliyalik yulduzli hujumchi Vinisius Junior bilan xayrlashish niyatida emas, deb xabar bermoqda AS jurnalistlari. Manbaning ma’lum qilishicha, «qirollik klubi» rahbariyati hujumchi bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qilgan.

«Qaymoqranglilar» Vinisius bilan yangi mehnat shartnomasini JCH-2026 boshlanishidan avval imzolashni rejalashtirmoqda. Eslatib o‘tamiz, Mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadi. Juniorning madridlik superklub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 25 yoshli braziliyalik futbolchi 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Vinisius o‘z hisobiga 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 09:48. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!