Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Real" va "Barselona"ning sentyabr oyidagi o‘yinlar taqvimi bilan tanishing

"Real" va "Barselona"ning sentyabr oyidagi o‘yinlar taqvimi bilan tanishing

Ispaniyaning ikki grandi — "Real" va "Barselona" sentyabr oyida La Liga hamda Chempionlar ligasi doirasida bir qator muhim uchrashuvlarni o‘tkazadi.

"Real" sentyabrdagi dastlabki o‘yinini 4 sentyabr kuni soat 00:00 (5-sentyabrga o‘tar kechasi) da "Betis"ga qarshi o‘tkazadi. Shundan keyin madridliklar 8 sentyabr kuni soat 00:00 (9-sentyabrga o‘tar kechasi) da Chempionlar ligasida "Inter"ni qabul qiladi. 12 sentyabr kuni soat 00:00 (13-sentyabrga o‘tar kechasi) da "Rayo Valyekano"ga qarshi, 16 sentyabr kuni 00:30 da esa "Elche"ga qarshi maydonga tushadi. Oyning eng muhim bahslaridan biri 20 sentyabr kuni soat 19:15 da "Atletiko"ga qarshi Madrid derbisi bo‘ladi.

"Barselona" esa 6 sentyabr kuni soat 19:15 da "Valensiya" mehmoni bo‘ladi. 9 sentyabr kuni soat 21:45 da kataloniyaliklar Chempionlar ligasida "Feyenoord"ni qabul qiladi.

Hansi Flik jamoasi 13 sentyabr kuni soat 19:15 da "Levante"ga qarshi o‘ynaydi. 17 sentyabr kuni soat 00:30 da "Rasing Santander" bilan bahs rejalashtirilgan. 19 sentyabr kuni soat 00:00 (20-sentyabrga o‘tar kechasi) da esa "Barselona" "Sevilya" mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 23:56 03.09.2026. O'qildi: 593 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!