Bugun 27 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Real» va «Arsenal» fransiyalik iqtidorli markaziy himoyachi uchun da’vogarlik qilmoqda

«Real» va «Arsenal» fransiyalik iqtidorli markaziy himoyachi uchun da’vogarlik qilmoqda

"Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jakega Yevropa grandlari qiziqish bildirmoqda. 20 yoshli futbolchi Madridning "Real" va Londonning "Arsenal" klublari radarlariga tushib qoldi, deb xabar bermoqda jurnalist Sasha Tavolyeri. Fransuzning xaridiga "Al-Hilol" ham qiziqish bildirmoqda, u allaqachon futbolchining atrofidagilar bilan bog‘langan, biroq hozirda u faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish istagini bildirmagan.

Jeremi Jakening Transfermarkt portalidagi narxi - 10 mln yevro. Yosh himoyachi "Renn"ning asosiy jamoasi safida atigi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan, shuningdek, Fransiyaning 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasida ikkita o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 12:57 24.08.2025. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!