Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

«Real» o‘z tarbiyalanuvchisini «Barselona»ga berib qo‘ymaydi

«Real» o‘z tarbiyalanuvchisini «Barselona»ga berib qo‘ymaydi

«Real Madrid» Viktor Munyosning «Barselona»ga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar kataloniyaliklar 22 yoshli vingerni sotib olishga harakat qilishsa, madridliklar darhol uning «Osasuna»dagi qayta sotib olish opsiyasini faollashtiradi. «Madrid» klubi bu borada allaqachon yakuniy qarorni qabul qilib bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, «qaymoqranglilar» o‘z tarbiyalanuvchisini o‘tgan yozda 6 million yevro evaziga sotib yuborgan va futbolchiga bo‘lgan huquqlarning 50 foizini o‘zlarida saqlab qolgan edi. Bundan tashqari, «Real» Munyosni shu yilning yozida 8 million, 2027 yil yozida 9 million, 2028 yil yozida esa 10 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqiga ega.

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi hisobida 33 ta o‘yin (2496 daqiqa), 6 ta gol va 5 ta golli uzatma mavjud.

Kiritildi: 18:20 13.04.2026. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!