"Real" klub televideniyesi "Barselona"ga qarshi "el-klasiko"dagi g‘alabadan (2:1) so‘ng hakamlar faoliyatini tanqid qildi.
"Ko‘pchilik bizni hakamlarni faqat mag‘lubiyatdan keyin tanqid qiladi, deb hisoblaydi. Ammo bu g‘alabadan so‘ng ham savollarimiz bor.
Nega Kanselu Diomandening oyog‘ini bosgan vaziyatda VAR aralashmadi? Nima uchun Yamal va Bellingem o‘rtasidagi epizod hamda Baldening qo‘liga to‘p tekkan holat ko‘rib chiqilmadi?" — deyiladi klub televideniyesi bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, "Real" Kilian Mbappening dubli evaziga g‘alaba qozondi. "Barselona"ning yagona goliga Rafinya mualliflik qildi.