Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" transfer oynasi yopilishidan avval Vinisiusni ingliz grandiga 170 million yevroga pullab yuborishi mumkin

"Real" transfer oynasi yopilishidan avval Vinisiusni ingliz grandiga 170 million yevroga pullab yuborishi mumkin

Ispaniya chempionatida "Real" safida to‘p tepayotgan yulduz hujumchi Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premyer-ligasining top-klubida davom ettirish variantiga ega.

Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Manchester Siti" rahbariyati qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" joriy transfer oynasi yopilgunga qadar 25 yoshli braziliyalikni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Uning bozor qiymati 170 million yevroga baholanmoqda.

Junior "qirollik klubi" safida 2018 yilning yozidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Braziliyalik va "Real" o‘rtasidagi shartnoma muddati 2027 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.

Kiritildi: 13:55 12.08.2025. O'qildi: 1133 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!