Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real" tajribali futbolchisi jamoadan ketadi

"Real" tajribali futbolchisi jamoadan ketadi

"Real" a’zosi Lukas Vaskes 2024/2025 yilgi mavsum oxirida klub bilan xayrlashadi.

Bu ma’lumotni insayder Fabrisio Romano tarqatdi. 33 yoshli ispaniyalik erkin agentga aylanadi, biroq ketishidan oldin u AQShda o‘tkaziladigan 2025 yilgi KJChda "qaymoqranglilar" safida o‘ynashga ulguradi.

O‘yinchining "Real" bilan xayrlashuviga "Liverpul"ning o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning tez orada sotib olinishi sabab bo‘ldi.

Lukas Vaskes "Real" tarbiyalanuvchisi bo‘lib, klubga 2007 yilda, 16 yoshida kelib qo‘shilgan. Uning madridliklardan tashqaridagi yagona mavsumi 2014/2015 yillarda "Espanyol"ga ijaraga berilgan paytga to‘g‘ri keladi.

Vaskes madridliklar asosiy jamoasi safida 398 rasmiy o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urgan va 73 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Vaskesning ketishi butun bir davrning yakuniga yetganini anglatadi–- futbolchi "qirollik klubi"da deyarli yigirma yil harakat qilib, zamonaviy tarixining ajralmas qismiga aylandi.

Kiritildi: 23:19 15.05.2025. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!