Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Real" safida faqatgina 1 futbolchi "el-klasiko"ni o‘tkazib yuboradi

"Real" safida faqatgina 1 futbolchi "el-klasiko"ni o‘tkazib yuboradi

Madridning "Real" klubi tarkibida kimlar "Barselona"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, "Real"ning germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger oyning oxirida "el-klasiko"da o‘ynamaydigan yagona futbolchi hisoblanadi. Qolgan barcha futbolchilar kataloniyaliklar bilan bahsga tiklanishi kutilmoqda.

"Real" va "Barselona"ning 2025/26 yilgi mavsumdagi ilk to‘qnashuvi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoalar Ispaniya La Ligasining 10-turi doirasida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" so‘nggi 5 o‘yinda "Barselona"ga mag‘lub bo‘lgan.

Kiritildi: 08:47 14.10.2025. O'qildi: 986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!